English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonga olib kiriladigan “M” va “N” toifalardagi g‘ildirakli yangi transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini ekologik sertifikatlash tartibi bekor qilinadi
15:16 / 2025-09-23

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Respublikada g‘ildirakli transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq: 

a) O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan “M” va “N” toifalardagi g‘ildirakli yangi transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini ekologik sertifikatlash tartibi bekor qilinadi; 

b) O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan “M” va “N” toifalardagi g‘ildirakli transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 apreldagi 237-son qarori bilan tasdiqlangan Muomalaga chiqarilayotgan g‘ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament talablari asosida baholanadi hamda transport vositasining turini ma’qullash va muvofiqlik sertifikatlarida aks ettiriladi; 

v) elektr dvigatellar bilan jihozlangan g‘ildirakli transport vositalarining (ichki yonuv dvigateli hamda elektr dvigatelda harakatlanuvchi avtotransport vositalari bundan mustasno) ekologik toifa talablariga muvofiqligi baholanmaydi.

O‘zA