Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonga nufuzli brendlarni jalb qilish bo‘yicha yangicha yondashuvlar joriy qilinadi
17:00 / 2023-12-18

Prezident raisligida ishlab chiqarishni yanada kengaytirish va xizmatlarni rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Yig‘ilishda mamlakatimizda mashhur brendlar ostida mahalliy mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish zarurligi qayd etildi.

Misol uchun, kelgusi yil oktyabrda Chirchiqda qiymati 50 million dollarlik yiliga 2,5 million dona bo‘lgan alyumin qadoqlash korxonasi ishga tushadi.

Bu nafaqat salqin ichimliklar, balki kosmetika, maishiy kimyo, oziq-ovqat yo‘nalishidagi brendlar uchun tayyor xom ashyo bazasi.

Shu munosabat bilan o‘nlab nufuzli brendlar bilan ishlab, ularni O‘zbekistonga olib kelish choralarini ko‘rish topshirildi.

Umuman, brendlarni jalb qilish bo‘yicha yangicha yondashuvlarni joriy qilinadi:

- nufuzli xalqaro brendlar bilan ishlab chiqarishni boshlayotgan korxonalarga xalqaro standartlar, ekologiya va sertifikatlash xarajatlari qoplab beriladi;

- mashhur brendlar ostida ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun, mahalliylashtirishni kamida 60 foizga yetkazish sharti bilan ular uchun zarur bo‘lgan barcha xom ashyolar bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi;

- mahsulotini kamida 30 foizini brend ostida ishlab chiqaradigan mahalliy tadbirkorlarga xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar uchun nazarda tutilgan imtiyoz va yengilliklar beriladi;

- yirik brendlardan jalb qilingan texnolog, dizayner, marketolog kabi mutaxassislardan O‘zbekistonda ishlaganlik uchun to‘lovlar undirilmaydi.

O‘zA