Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonga investitsiya kiritish bo‘yicha koreyalik tadbirkorlarning qiziqishi ortmoqda
18:23 / 2024-07-24

Yurtimizda tadbirkorlarga yaratilayotgan sharoit xalqaro hamkorliklarga yo‘l ochib, xorijiy kompaniyalarning qiziqishiga sabab bo‘lmoqda. Koreyaning "UNIMED" kompaniyasi farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mutaxassislari va "Tashkent Pharma Park" klasteri mas’ul xodimlari poytaxtimizda joylashgan "ROMPHARM NS" qo‘shma korxonasida bo‘ldi.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari "ROMPHARM NS" kompaniyasi rahbariyati, ishlab chiqarish zavodi, sifat nazorati va laboratoriya faoliyati bilan tanishtirildi, deyiladi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ma’lumotida.  

Ma’lumot sifatida aytish mumkin, "ROMPHARM NS" CO (Ruminiya) qo‘shma korxonasi Navbahor Xolding (O‘zbekiston) kompaniyasi bilan birgalikda tashkil etilgan farmatsevtika korxonasi bo‘lib, ampulalarda in’eksion dori vositalarini ishlab chiqarish, tadqiq etish va savdo qilish bo‘yicha ish olib boradi.  

O‘zbekistonga "UNIMED" kompaniyasi vakillari tashrif buyurishidan maqsad "Tashkent Pharma Park" innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida ko‘z tomchilari, gialuron kislotasi va jigar kasalliklarining oldini olish uchun o‘simlik siropi ishlab chiqarish bo‘yicha farmatsevtika zavodi qurilishi loyihasini tasdiqlash va ishga tushirishdir.  

A.RUSTAMOV, O‘zA