Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonga davolanish uchun kelgan xorijliklar soni ortmoqda
10:06 / 2026-01-27

2025 yil davomida O‘zbekistonga davolanish maqsadida kelgan chet el fuqarolari soni 86 ming nafardan oshdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilda jami 86 ming 199 nafar xorijiy fuqaro tibbiy xizmatlardan foydalanish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan.

Xorijlik bemorlarning aksariyati qo‘shni davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Xususan, Tojikistondan — 59 ming 145 nafar, Qirg‘iz Respublikasidan — 15 ming 631 nafar, Qozog‘istondan — 8 ming 224 nafar fuqaro O‘zbekistonda davolangan.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasidan — 1 899 nafar, Afg‘onistondan — 914 nafar, Turkmanistondan — 224 nafar fuqaro tibbiy xizmatlar uchun mamlakatimizga kelgan.

Bundan tashqari, Turkiyadan — 47 nafar, AQSHdan — 16 nafar, Xitoydan — 15 nafar, Ozarbayjondan — 11 nafar hamda boshqa davlatlardan — 73 nafar fuqaro O‘zbekiston tibbiyot muassasalari xizmatlaridan foydalangan.

Hamroz Bayanov,

O‘zA