Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonga davolanish uchun eng ko‘p tojikistonliklar kelgan
14:43 / 2025-10-03

So‘ngi yillarda mamlakatimizda tibbiyot sohasi rivojlanib sog‘liqni saqlash tizimining har bir yo‘nalishi zamon talablari asosida takaomillashtirildi. Yangidan-yangi davolash standartlari yo‘lga qo‘yilib, yuqori texnologik amaliyotlar tizim shaffofligi oshirdi. Aholiga ko‘rsatilayotgan sifatli va malakali tibbiy xizmatlar hatto chet el fuqarolarini ham o‘ziga jalb qildi.

Xususan, Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-avgust oylarida jami 62 054 nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida O‘zbekistonga kelgan. Ular o‘rtasida eng ko‘p Tojikiston Respublikasi hisoblanib, mazkur davlatda joriy yil davomida 44 209 nafar fuqaro kelgan.

Shuningdek, Qirg‘iz Respublikasidan 10 427 nafar, Qozog‘istondan 5 483, Rossiyadan 1 280, Afg‘onistondan 343, Turkmanistondan 204, Turkiyadan 31, AQSHdan 11, Xitoydan 10, Ukrainadan 9 nafar hamda boshqa davlatlardan 47 nafar fuqarolar yurtimizga davolanish maqsadida tashrif buyurgan.

Gulnoza Boboyeva,O‘zA