Munosabat
Ma’lumki, shu yil 5-9 aprel kunlari poytaxtimizda Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley assambleyasi o‘tkaziladi.
Jahon parlamentlarining eng nufuzli tashkiloti bo‘lmish Parlamentlararo Ittifoq assambleyasining Markaziy Osiyo mintaqasida, yana aynan O‘zbekistonda ilk marotaba o‘tkazilayotgani mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim tarixiy voqea sifatida muhrlanishi muqarrar.
Parlamentlararo Ittifoq 1889 yilda tashkil topgan bo‘lib, bugungi kunda 180 ta davlat parlamenti va 15 ta mintaqaviy parlament tuzilmasini birlashtiradi. Ittifoqning yubiley assambleyasida 200 ga yaqin mamlakat vakillari, jahon parlamentariylari jam bo‘ladi.
Mazkur nufuzli xalqaro anjumanning ahamiyati, uning kun tartibida turgan masalalar haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining fikr-mulohazalari va munosabatlari bilan qiziqdik.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Firdavs Sharipov hamda Odiljon Mamadaliyev mazkur anjuman ahamiyati xususida to‘xtaldi.
Odiljon Mamadaliyevning ta’kidlashicha, Parlamentlararo Ittifoq assambleyasi amaliyotga ko‘ra, parlamentarizm va barqaror rivojlanishning ijobiy tajribasi yuqori bo‘lgan davlatlardagina o‘tkaziladi. O‘zbekistonning tanlanishi esa bejiz emas. Bu Prezidentimiz rahbarligidagi oqilona, pragmatik ichki va tashqi siyosat, qonun ustuvorligi, “xalq — jamiyat — davlat” tamoyili asosida qurilayotgan davlatchiligimiz asoslari va bu boradagi milliy tajribalarimizga nisbatan xalqaro hamjamiyatning ishonchi va e’tirofi namunasidir.
PS: Batafsil quyidagi videohavola orqali tanishishingiz mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Xku28ZCQr3s" title="Oʻzbekistonga boʻlgan yuksak ishonch va eʼtirof namunasi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhtarama Komilova, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA