French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonga 4 oyda xorijdan 1,99 milliard dollar mablag‘ yuborilgan
20:32 / 2021-05-13

Mamlakatimizga joriy yilning 4 oyida xorijdan 1,99 milliard dollar mablag‘ yuborilgan. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda qayd etilishicha, 2021 yilning yanvar-aprel oylarida respublikamizga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi qariyb 1,99 milliard dollarni tashkil etib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 663 million dollarga yoki 50 foizga oshgan bo‘lsa, 2019 yilning mos davriga nisbatan esa 34 foizga oshdi.

O‘z navbatida, chet elga yuborilgan xalqaro pul o‘tkazmalari miqdori 478 million dollarga yetdi. Natijada transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ijobiy saldo qariyb 1,52 milliard dollarni tashkil etdi.

O‘zA