Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistondan YeIga eksport 1,5 barobar oshdi
13:21 / 2023-12-06

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” hamkorlik qo‘mitasi 19-yig‘ilishida aytilishicha, O‘zbekistondan YeI mamlakatlariga mahsulot va xizmat eksporti 1,5 barobar oshgan.

Mazkur tadbirga O‘zbekiston tomonidan investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Badriddin Obidov, hamkor tomondan Tashqi faoliyat xizmati Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha direktori o‘rinbosari Lyuk Devin hamraislik qildi.

Uchrashuvda O‘zbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlagani uchun YeI jamoasiga minnatdorlik bildirildi. Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, sud-huquq, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirish, ekologik muammolarga qarshi kurashishga qaratilgan “O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasida belgilangan asosiy yo‘nalishlar ko‘rsatib o‘tildi.

Strategiyaning asosiy yo‘nalishlari, xususan 2030 yilga borib yalpi ichki mahsulot qiymatini 160 milliard dollarga, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming dollarga yetkazish, shuningdek 110 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb etish, yalpi ichki mahsulotda sanoat va texnologik mahsulot ulushini 25 foizdan 32 foizga ko‘tarish, investitsiya miqdori yiliga 3-5 foiz o‘sishini ta’minlash va boshqa vazifalar alohida qayd etildi. Yevropa tomoni ushbu maqsadlarga erishishda har tomonlama yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Tomonlar huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish, inson huquqi va erkinligini himoya qilish bo‘yicha joriyvaziyatni yanada yaxshilash istiqbolini, 2024 yilga mo‘ljallangan siyosiy sheriklik holatini ko‘rib chiqdilar.
Moliyaviy-texnik, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi. Asosiy e’tibor YeI Umumiy imtiyozlar tizimi (GSP+) afzalligidan foydalangan holda, savdo tartib-qoidasini liberallashtirish va soddalashtirish chora-tadbirlariga qaratildi.

Shu nuqtai nazardan, tovar ayirboshlash miqdori o‘sishi yuqori sur’ati e’tirof etildi. 2023 yil 10 oyda ikki tomonlama savdo o‘tgan yil shu davriga nisbatan 36 foiz oshib, 4,8 milliard dollarga yetdi. Bu boradagi ishni tizimli davom ettirish zarurligi urg‘ulandi. O‘zbekistondan Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga mahsulot eksporti 2021 yildan buyon 1,5 barobar ko‘payib, 2022 yil oxirida 794,6 million dollarni tashkil etgani ta’kidlandi.

Energetika sohasidagi sheriklik masalasi alohida muhokama qilindi. 2030 yilga borib mamlakatimiz iqtisodiyotida energiya sig‘imini 1,5 barobar kamaytirish orqali samaradorlikni 20 foiz oshirish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan. Bu yo‘nalishda davlat-xususiy sheriklik asosida umumiy quvvati 11,5 GVt yirik quyosh va shamol elektr stansiyalari qurish bo‘yicha 28 ta shartnoma tuzildi. 12,8 GVt quvvatli yana 16 g‘oya bo‘yicha loyihalash ishlari va muzokara olib borilmoqda. Yevropa tomoni “yashil energiya” tashabbuslarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun zarur maslahat yordamini ko‘rsatadi. 
Yuk tashish va logistika sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish mavzusi muhokama qilinar ekan, YeI Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishini rivojlantirish orqali O‘zbekiston transport yo‘laklarini diversifikatsiya qilishga qaratilgan sa’y-harakatni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

O‘zA