Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistondan xorijga shaftoli eksporti 21,3 ming tonnaga oshdi
19:12 / 2022-11-05

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022 yilning yanvar — sentyabr oylarida xorijga qiymati 68,1 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 76,7 ming tonna shaftoli eksport qilgan.

Shaftoli eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 21,3 ming tonnaga oshgan.

2022 yilning 9 oyida O‘zbekiston eng ko‘p shaftoli eksport qilgan davlatlar:

Rossiya – 64,6 ming tonna

Qirg‘iz R. – 6,4 ming tonna

Qozog‘iston – 4,8 ming tonna

Turkmaniston – 471 tonna

Belarus – 261 tonna

2022 yilning 9 oyida xorijga eng ko‘p shaftoli eksport qilgan hududlar:

— Farg‘ona viloyati – 43,6 ming tonna

— Samarqand viloyati – 6,3 ming tonna

— Toshkent viloyati – 6,1 ming tonna

— Xorazm viloyati – 5,7 ming tonna

 

O‘zA