French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistondan tashqarida ishlab chiqarilgan tovarlar uchun ham moliyaviy iste’mol kreditlari ajratiladi
11:26 / 2023-05-26

AOKAda Markaziy bank hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda “Moliyaviy iste’mol krediti berish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi qonun mohiyati yuzasidan ma’lumot berildi.   

Matbuot anjumanida qayd etilishicha, qonunning 15-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisi chiqarib tashlandi. Chunki iste’molchining ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchini oldindan xabardor qilish majburiyati bugungi kunda o‘z ahamiyatini yo‘qotdi.  

Ushbu o‘zgartirishlar moliyaviy iste’mol krediti berish tartibini soddalashtirish, iste’molchilarning kundalik talablari qondirilishi darajasini oshirish va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarda o‘z mahsulotlari sifatini va raqobatbardoshligini oshirishga qiziqish uyg‘otadi. Aholiga sifatli mahsulotlarni tanlash va sotib olish imkoniyatini beradi.  

Shuni ham ta’kidlash joizki, aholiga ajratilgan iste’mol kreditlari 2021 yilda 10 trillion so‘mni, 2022 yilda 22 trillion so‘mni, 2023 yilning 4 oyida 27,6 trillion so‘mni, shu jumladan, 2023 yilda berilgan avtokreditlar 10,8 trillion so‘mni, mikroqarzlar 7,8 trillion so‘mni tashkil etgan.  

Iste’mol krediti – aholining iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabini rag‘batlantiradi, ularni sotishni ko‘paytirish evaziga aholi sharoitlarining yaxshilanishiga olib keladi. Shu bilan birga, ham kredit beruvchi tomonning, ham tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.  

 

Sh.Mamaturopova,  

O‘zA