Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistondan Rossiyaga kimlar maxsus ruxsatnomasiz kira oladi?
12:36 / 2020-12-11

Rossiya hukumati ayrim migrantlar uchun chegarani ochishga tayyor ekanligini noyabr oyida Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Marat Xusnullin ma’lum qilgan edi. Uning ta’kidlashicha, pandemiya davrida qurilish sohasida ishchi kuchining yetishmovchiligi yuzaga kelgan va mehnat migrantlarining bir qismi uyiga ketgan va Rossiyaga qaytib kela olmayapti.

 O‘zbekistonda ham Rossiyada ishga ega bo‘lgan muhojirlar pandemiya tufayli bu davlatga kirish mumkin yoki mumkinmasligi bilan qiziqmoqdalar.  

Huquqshunos Ma’rifat Karimova ayni damda kimlar Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujjatsiz kira olishiga aniqlik kiritdi.  

 Pandemiya tufayli ko‘pgina xorijiy davlatlarga kirish va chiqish to‘xtatilgan. Shu o‘rinda Rossiya Federatsiyasiga ham. Hozirda Rossiyaga rasmiy delegatsiya a’zolari, yaqin qarindoshining vafoti sababli viza olgan shaxslar, Rossiya Federatsiyasida doimiy yashovchi shaxslar va havo yo‘llari orqali tranzit yo‘nalishida harakatlanuvchilar kira olishi mumkin.  

Xorijiy fuqarolar Rossiya Federatsiyasiga kirishi uchun yuqoridagi asoslardan biriga ega bo‘lishi, COVID-19 koronavirus test topshirgani va 72 soat davomida amal qiluvchi manfiy PZR-test natijasi haqida ma’lumotnoma, shuningdek, Rospotrebnadzor saytida www.rospotrebnadzor.ru e’lon qilingan anketaning to‘ldirilgan shakli bo‘lishi lozim.