Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistondan Rossiyaga ipak matolar eksporti yo‘lga qo‘yiladi
16:08 / 2023-10-04

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisi O.Jumayev Rossiya to‘qimachilik korxonalari uyushmasi vitse-prezidenti, Moda sanoati qo‘mitasi raisi Anika Kerimovani qabul qildi.

Anika Kerimova Rossiyadagi eng mashhur dizaynerlardan biri. Uning Moda uyi deyarli 15 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda va haqli ravishda mamlakatdagi eng yirik moda maydoni hisoblanadi. Anika Kerimova kiyim-kechak va poyabzal ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Uning mijozlari orasida yetakchi siyosatchilar, estrada yulduzlari, teatr va kino san’atkorlari bor.

Anika Kerimova bilan uchrashuvda O‘zbekistondan Rossiyaga ipak matolar eksportini yo‘lga qo‘yish, hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, o‘zbekistonlik dizaynerlar bilan hamkorlik qilish masalalari muhokama etildi.

Uchrashuvda mehmonlarga mamlakatimiz ipakchilik sohasi, mahsulotlar sifati va kelgusidagi yangi loyihalar haqida ma’lumot berildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA