Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistondan Rossiyaga doimiy yashash uchun ko‘chib ketgan fuqarolar soni 4,3 foizga kamaygan
13:42 / 2023-01-30

"O‘zbekistondan xorijiy mamlakatlarga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganlar soni 8,8 ming kishini tashkil etdi. Ulardan 16,4 foizi yoki 1,441 ming kishi Rossiya Federatsiyasiga ko‘chib ketgan", - deyiladi O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi bergan ma’lumotda.

Qo‘mita ma’lumotida keltirilishicha, 2021 yilda  O‘zbekistondan 20,1 ming kishi doimiy yashash uchun xorijga chiqib ketgan. Ularning  30,5 foizi yoki 6,14 ming kishi Rossiyaga ketgan edi. Bir yil ichida Rossiyaga ketuvchilar soni 4,3 barobarga kamaygan. 2019 yilda, ya’ni  koronavirus pandemiyasi boshlangunga qadar 8,97 ming nafar o‘zbekistonlik doimiy yashash uchun Rossiyaga ketgan. 

Doimiy yashash uchun xorijdan O‘zbekistonga kelganlar soni 2022 yilda 21 foizga o‘sib, 2,3 ming kishigacha yetgan. Shulardan 813 ming kishi Rossiya Federatsiyasidan ko‘chib kelgan. 

Bundan avvalroq O‘zbekiston statistika qo‘mitasi respublikada rus millatiga mansub fuqarolar soni 2017-2020 yillarda 1,3 foizga kamayib, 720,3 ming kishini tashkil etishini ma’lum qilgandi.  

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvar holatida O‘zbekiston aholi soni 4 foizga ko‘payib, jami 36,02 million kishini tashkil etgan.