French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistondagi xotin-qizlarning 51 foizi shaharlarda istiqomat qiladi
12:06 / 2025-03-18

Bugungi kunda mamlakatimiz aholisining 49,7 foizi, ya’ni 18 million 204 mingdan ortig‘ini xotin-qizlar tashkil etadi. Ularning 8 million 912 mingi qishloqlarda, 9 million 362 mingdan ziyodi — 51 foizi shaharlarda istiqomat qiladi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda mehnatga layoqatli aholi ulushi 60 foizni tashkil etsa, shundan 48,7 foizi xotin-qizlardan iborat. O‘zbekistonda esa bu ko‘rsatkich 50 foizdan ortiqni tashkil etadi.  

Mamlakatimizda vazir va vazirga tenglashtirilgan lavozimlarda xotin-qizlar ulushi 2020 yilda 3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yil yakuniga ko‘ra 7,7 foizga yetgan. Ma’muriy boshqaruv tizimida xotin-qizlar 30 foizdan ortgan. Sud-prokuratura organlarida ishlovchi xotin-qizlar ulushi esa 14 foizdan yuqori.  

Ushbu ma’lumotlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida qayd etildi. Unda Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova "Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida" axborot taqdim etmoqda.  

Muhtarama Komilova,

O‘zA