Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistondagi universitet xalqaro reytingda “TOP-100”dan joy egalladi
17:39 / 2023-07-16

“World’s Universities with Real Impact” xalqaro reytingining TOP-100 ro‘yxati e’lon qilindi. Bu ro‘yxatdan Toshkent davlat yuridik universiteti ham joy egalladi.

Reyting natijalariga ko‘ra, Toshkent davlat yuridik universiteti talabalarning harakatchanligi va ochiqligi yo‘nalishi bo‘yicha 51-o‘rinni, global umumiy reytingda esa 101 - o‘rinni egalladi. 

“World’s Universities with Real Impact” xalqaro reytingi Amerika, Osiyo, Yevropa va Afrika davlatlarining eng nufuzli universitetlari tomonidan tashkil etilgan global reyting hisoblanadi. 

Mazkur reyting universitetlarni beshta yo‘nalish– sanoat dasturlari, yangi startap dasturlari va tadbirkorlik, axloqiy qadriyatlar, talabalarning harakatchanligi va faolligi, inqirozni boshqarish, to‘rtinchi sanoat inqilobi bo‘yicha eng yaxshi innovatsion loyihalar orqali baholaydi. 2023 yilda reytingda 800 dan ortiq innovatsion loyiha ko‘rib chiqildi. 

Ma’lumot uchun, “World’s Universities with Real Impact”ning 2023 yilgi reytingida eng yuqori pog‘onalarni Minerva universiteti (AQSH), Arizona davlat universiteti (AQSH), Massachusets texnologiya instituti (AQSH) va Stanford universiteti (AQSH) egallagan. 

N.Abduraimova, O‘zA