Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistondagi universitet dunyoning TOP-500 universitetlari ro‘yxatiga kirdi
05:05 / 2021-04-22

Buyuk Britaniyaning oliy ta’lim sohasiga oid muhim masalalarni yorituvchi va universitetlar faoliyatini baholab boruvchi Times Higher Education tashkiloti o‘zining navbatdagi THE Impact Ranking reytingi natijalarini e’lon qildi.

Reytingda Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYUU) dunyoning 94 mintaqa va davlatlaridan qatnashgan minglab universitetlar orasida 401-o‘rinni egalladi.  

TDYUU mazkur reytingda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari orasida eng yuqori natijani qayd etdi.

THE Impact Ranking yettita yo‘nalishda quyidagi natijalarni qayd etgan:  

▫️SDG 4: Quality Education (ta’lim sifati) –   201-o‘rin;

▫️ SDG 5: Gender Equality (gender tengligi) –    401-o‘rin;

▫️ SDG 8: Decent Work and Economic Growth (munosib ish joyi va iqtisodiy o‘sish) –    201-o‘rin;

▫️ SDG 9: Industry, Innovation and Infrastructure (sanoat, innovatsiya va infratuzilma) –   401-o‘rin;

▫️SDG 10: Reduced Inequalities (tengsizlikni qisqartirish) –   401-o‘rin;

▫️SDG 16: Peace, Justice and Strong Institutions (tinchlik, adolat va kuchli institutlar) – 201-o‘rin;

▫️SDG 17: Partnerships for the Goals (barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lidagi hamkorlik) – 401-o‘rin.

        O‘zA