Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistondagi rivojlanish dinamikasi barchaning diqqatini jalb qildi
11:16 / 2025-04-11

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Kanada Parlamenti Vakillar palatasi Bosh kotibi o‘rinbosari Jan-Filip Broshu bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda mehmonlarga Qonunchilik palatasining tarkibiy tuzilishi, uning qonun ijodkorligi yo‘nalishidagi faoliyati, fraksiyalar, qo‘mitalar, komissiyalarning asosiy vazifalari haqida batafsil ma’lumot berildi.

O‘z navbatida, Jan-Filip Broshu so‘nggi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda olib borilayotgan demokratik islohotlarni yuqori baholadi.

Shuningdek, u Markaziy Osiyoda ilk marotaba Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi yuqori saviyada tashkil etilgani, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan muhim tashabbuslar xalqaro sammit kun tartibidagi masalalar bilan uyg‘un va hamohang ekanini alohida qayd etdi.

– Bu mening mamlakatingizga ilk tashrifim, keng miqyosdagi islohotlar natijasida ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa yo‘nalishlardagi rivojlanish dinamikasi barchaning diqqatini jalb qildi. Kelgusidagi tashriflarim kun tartibida Samarqand va Buxoroga ziyoratni rejalashtirganman, – dedi Kanada parlamenti vakili.

Uchrashuv yakunida ikki davlat parlamentlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirishda parlamentlar devonlari o‘rtasida doimiy muloqot va amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

M.Komilova, O‘zA