2023-yilda Oʻzbekiston ilk bor “Viki yodgorliklarni sevadi” xalqaro tanlovida ishtirok etdi. Tanlov doirasida mamlakatimiz ishtirokchilari 3 947 ta fotosurʻat taqdim etishdi.
Dunyo boʻyicha umumiy hisobda 4 600 nafar ishtirokchi tomonidan 218 000 ta fotosurʻat yuklangan boʻlib, 43 mamlakatdan mahalliy hakamlar hayʻati xalqaro bosqichga 387 ta fotografiya yuborganlar. Tanlovning Oʻzbekiston bosqichini baholagan hakamlar hayʻati 9 nafar ishtirokchining 10 ta fotosurʻatini xalqaro bosqich uchun tanlab olganlar.
Xalqaro bosqich hakamlari koʻplab tasvirlar orasidan Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida joylashgan Hakim at-Termiziy maqbarasi rasmini maxsus “Markaziy va Janubiy Osiyo merosi” va “Avval eʻlon qilinmagan yodgorliklar” nominatsiyalarida gʻolib deb topdilar. Yaʻni Vladimir Goncharenkoning ushbu fotografiyasi birdaniga ikkita nominatsiyada gʻolib boʻldi.
Tasvir muallifini ajoyib gʻalaba bilan tabriklaymiz!