Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistondagi mobil aloqa abonentlari 25 millionga yaqinlashdi
11:18 / 2020-11-11

Bu haqida Davlat statistika qo‘mitasining matbuot xizmati ma’lum qildi.

 Unga ko‘ra, 2020 yil 1 oktyabr holatida O‘zbekistonda  mobil aloqa tizimiga ulangan abonentlar soni 24 million 824,3 mingtani tashkil etib, 2019 yilning mos davriga nisbatan 6,9 foizga yoki 1 million 598,1 mingtaga o‘sgan.

 Mobil aloqa tizimiga ulangan eng ko‘p abonentlarga ega bo‘lgan hududlar safida  Toshkent shahri peshqadam bo‘lib, 4,8 million abonentga ega. Farg‘ona viloyati – 2,8 mln, Samarqand viloyati – 2,3 mln, Andijon viloyati – 2,1 mln. Abonent bilan keyingi o‘rinlarni egallab turibdi.

 Shuningdek, o‘tgan yili mobil aloqa tizimiga ulangan aholi soni 23 million 363,0 mingta bo‘lsa, endilikda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,8 % ga yoki 852,2 mingtaga ko‘paygan.