Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi qariyb 52 mingtaga oshgan
13:15 / 2022-07-24

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 160 ming 523 ta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 51 ming 743 taga oshgan.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi ko‘paydi. 

Xususan,  

– avtomobil benzini – 563 ming tonna,  
– ko‘mir – 2,5 million tonna,   
– neft – 383,4 ming tonna,   
– gaz kondensati – 655,4 ming tonna,   
– yengil avtomobillar – 160 ming 523 dona,  avtobus – 483 dona,  yuk avtomobillari – 2 ming 166 dona,  
– avtomobil dvigatellari – 116,3 ming donaga oshdi. 

O‘zA