Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda yashil va energiya tejamkor uy-joylar bozori shakllantiriladi
17:54 / 2025-09-23

Osiyo taraqqiyot banki tomonidan tashkil etilgan 5-Osiyo moliya forumi doirasida “Arzon va ekologik barqaror uy-joylarni rivojlantirish: siyosat va bozorlar” mavzusida sessiya bo‘lib o‘tdi.

Unda mintaqaviy va xalqaro moliya institutlari, siyosatchilar hamda asosiy manfaatdor tomonlar ishtirok etib, yashil moliyalashtirish mexanizmlarining uy-joy qurilishida tutgan o‘rnini muhokama qildi. 

Yashil ipoteka, barqarorlikka yo‘naltirilgan kreditlar va boshqa innovatsion moliyaviy vositalar yordamida iqlimga chidamli va energiya tejamkor uy-joylarni rivojlantirish bo‘yicha tajribalar almashildi.

O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi Bosh ijrochi direktori Murodjon Farmonov O‘zbekistonda yashil moliyalashtirish amaliyotlarini joriy etish, ipoteka bozorida innovatsion mexanizmlarni rivojlantirish va barqaror uy-joy qurilishi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Sessiya davomida yashil moliyalashtirishning qurilish va ipoteka bozorini modernizatsiya qilishdagi roli, hamda fuqarolar va moliya institutlari uchun yangi imkoniyatlar yaratishi borasida keng muhokamalar olib borildi. Shuningdek, O‘zbekistonda yashil va energiya tejamkor uy-joylar bozorini shakllantirish borasida fikrlar o‘rtaga tashlandi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA