Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda yana bir qimmatbaho baliq turi – beluga uvildirig‘i inkubatsiya qilindi
18:08 / 2023-06-26

AOKA bo‘lib o‘tgan brifingda "O‘zbekbaliqsanoat" uyushmasi axborot xizmati rahbari Zilola Ro‘ziyevaning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda yana bir qimmatbaho baliq turi – beluga uvildirig‘i inkubatsiya qilindi.

Joriy yilning 5 oyi davomida “Qaraken sazani”, “Fishko”, “Qalkon savdo servis”, “Db group eco”, “Nodir fish farm”, “Navro‘z qut-baraka”, “Boyxon baliqlari” kabi xo‘jaliklar tomonidan lichinka ishlab chiqarish faoliyati yo‘lga qo‘yildi.  

Ushbu korxonalar tomonidan 350 million dona baliq lichinkasi ishlab chiqarish imkoniyatlari yaratildi.  

Bugungi kunda respublika miqyosida 113 ta lichinka ishlab chiqarish hamda 290 ta chavoq yetishtiruvchi baliqchilik xo‘jaliklari tomonidan karp, oq do‘ngpeshona, chipor do‘ngpeshona, forel, sibir osyotri, tilyapiya kabi baliq turlarining lichinkalari ishlab chiqarilmoqda.  

Shu bilan birga yangi baliq turlarini iqlimlashtirish, zotlarni yangilash, hosildorlikni oshirish hamda kasalliklarga chidamli nasllarni yetishtirish maqsadida Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Belarus, Rossiya, Germaniya, Tailand, Malayziya hamda Vengriya davlatlari bilan hamkorlik qilib kelinmoqda.  

 

Sh.Mamaturopova,    

O‘zA