Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi qarovsiz qolgan joylar “ERIELL” xususiy kompaniyasi tomonidan obod qilinib, muqaddas qadamjoga aylanlantirildi.
Qadamjo "Jiydali ota" nomi bilan atalib, kuni kecha ziyoratgohda oddiy aholi vakillari, mutasaddilar, shuningdek, jurnalistlar uchun iftorlik tashkil etildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Boysunda “ERIELL” kompaniyasi tomonidan ishga tushishi kutilayotgan yangi zavod 5000 ish o‘rniga ega bo‘ladi.
2019 yilning 24 iyul kuni Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” (M25) konida yangi gaz koni ochiladi. Ushbu obekt M25 konida burg‘ulash ishlari natijasida aniqlandi. Gazning o‘rtacha kunlik oqimi 300 ming kubometrni tashkil etadi. Olingan tabiiy gazning sanoat oqimi bu yerning gazga to‘yinganligidan dalolat beradi.
Burg‘ulash va quduqlarni qurish ishlari Markaziy Osiyo, Rossiya va Yaqin Sharqda loyihalarni amalga oshirishda katta tajribaga ega “ERIELL” kompaniyasi ishtirokida “SURHAN GAS CHEMICAL OPERATING COMPANY” kompaniyasi tomonidan mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitim doirasida amalga oshirildi.
Reklama huquqi asosida