Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot qanchaga o‘sgani ochiqlandi
12:45 / 2024-01-27

O‘zbekistonning yalpi ichki mahsulot hajmi qariyb 91 mlrd. AQSH dollariga yetdi.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi joriy narxlarda 1 066,6 trln. so‘mni tashkil etdi.  

Bu o‘rtacha almashuv kursi bo‘yicha 90,9 mlrd. AQSH dollariga teng. Kishiga boshida YAIM miqdori qariyb 2,6 ming dollardan to‘g‘ri kelmoqda.  

Yalpi ichki mahsulot hajmi 2022 yil bilan solishtirilganda 6 foizga o‘sgan. Bu miqdor 2022 yilda 5,7 foizni tashkil etgandi. 2022 yilda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot 888,3 trln. so‘mni tashkil etgan.  

 

Sh.Mamaturopova,

O‘zA