O‘zbekistonda yakka tartibdagi tadbirkorlar (YATT) soni kamaymoqda
2025 yilning 1 mart holatiga mamlakatda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar (YATT) soni 284 ming 110 nafarni tashkil etgan.
Biroq, 2025 yilning 1 iyul holatiga bu ko‘rsatkich 270 ming 561 taga tushgan. Bu martdan iyulgacha YATTlar sonida 13 ming 549 nafarga, ya’ni 4,77 foiz pasayishni anglatadi.
Hududlar kesimida YATTlar soni (1 iyul, 2025):
Toshkent shahri – 35 811 ta;
Samarqand viloyati – 28 142 ta;
Farg‘ona viloyati – 27 560 ta;
Andijon viloyati – 26 117 ta;
Toshkent viloyati – 24 576 ta;
Qashqadaryo viloyati – 22 021 ta;
Namangan viloyati – 19 480 ta;
Buxoro viloyati – 16 533 ta;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 16 250 ta;
Surxondaryo viloyati – 16 239 ta;
Xorazm viloyati – 13 703 ta;
Jizzax viloyati – 9 193 ta;
Sirdaryo viloyati – 7 688 ta;
Navoiy viloyati – 7 248 ta.
Hamroz Bayanov, O‘zA