Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda xususiy shifoxonalar soni ortmoqda
13:39 / 2025-09-15

Mamlakatimizda aholi salomatligi va tibbiy xizmat sifatini oshirish, bu borada qulay va samarali imkoniyatlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, tibbiyot muassasalarining faoliyati kengayib, xususiy shifoxonalar soni ortmoqda.

Jumladan, Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvar holatiga xususiy shifoxonalar soni 1 ming 301 tani tashkil etgan.    

Yillar kesimida xususiy shifoxonalar soniga ahamiyat beradigan bo‘lsak, 2019 yilda 575 ta, 2020 yilda 593 ta, 2021 yilda 637 ta, 2022 yilda 675 ta, 2023 yilda 724 ta, 2024 yilda 1 ming 301 taga yetgan.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA