So‘nggi yillarda O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelayotgan xorijliklar soni ortib bormoqda. Mamlakatimizda ta’lim olayotgan xorijliklar orasida eng katta ulush Hindiston va Turkmaniston fuqarolariga to‘g‘ri kelmoqda.
Xususan, Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning yanvar-noyabr oylarida jami 37 ming nafardan ortiq chet el fuqarolari o‘qish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 54,3 foizga oshgan.
O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan chet el fuqarolari soni mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:
Hindiston — 16,3 ming nafar,
Turkmaniston — 8,9 ming nafar,
Tojikiston — 2,7 ming nafar,
Pokiston — 1,7 ming nafar
Xitoy — 1,4 ming nafar,
Janubiy Koreya — 870 nafar
Qirg‘iz Respublikasi — 823 nafar,
Misr — 737 nafar,
Filippin — 501 nafar,
AQSH — 464 nafar,
Turkiya — 357 nafar,
Afg‘oniston — 291 nafar,
Iordaniya — 194 nafar,
Buyuk Britaniya — 179 nafar,
Rossiya — 164 nafar,
JAR — 155 nafar,
Eron — 115 nafar,
Qozog‘iston — 113 nafar,
Bangladesh — 97 nafar,
Italiya — 94 nafar.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA