O‘zbekistonda xorij investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soni ortmoqda
Ma’lumki, korxonalar milliy iqtisodiyotning asosiy ishlab chiqarish bo‘g‘ini hisoblanadi. Mamlakatimizda barqaror va samarali iqtisodiyotni shakllantirish maqsadida xorijiy investitsiya asosida ham korxonalar sonining ortib borayotgani o‘zining ijobiy natijalarini namoyon etmoqda.
Xususan, Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning 1 oktyabr holatiga O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 17 ming 188 ta korxona faoliyat yuritmoqda.
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni so‘nggi 5 yilda 1,8 barobarga oshgan. Ulardan 4 ming 134 tasi qo‘shma va 13 ming 54 tasi xorijiy korxonalar.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA