Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda xalqaro darajadagi shaxmatchi ayollar soni ortmoqda
15:25 / 2026-02-24

Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zosi, xalqaro musobaqalarda yuqori natijalar qayd etib kelayotgan Madinabonu Xalilova xalqaro sport ustasi unvoni uchun belgilangan normativ talablarni muvaffaqiyatli bajardi.

Mazkur natija shaxmatchi qizimizning so‘nggi yillardagi izchil mehnati, xalqaro turnir va chempionatlardagi, yuqori saviyadagi musobaqalardagi barqaror ishtiroki hamda ko‘rsatkichlari samarasi hisoblanadi.

– Hozirgi vaqtda ayollar o‘rtasida xalqaro toifadagi sport ustasi unvoniga ega shaxmatchilar soni 15 nafarni,  xalqaro grossmeyster unvonini qo‘lga kiritganlar esa 7 nafarni tashkil etadi. Xalilovaning ular safiga qo‘shilgani quvonchli voqelik bo‘ldi. Bu, xalqaro grossmeysterlik uchun muhim qadam ekani bilan ahamiyatlidir, – deydi O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi yetakchi mutaxassisi Baxtiyor Jumayev.

Shu o‘rinda yana bir gapni aytish lozimki, yaqinda mahoratli shaxmatchimiz Umida Omonova xalqaro grossmeysterlik unvonining barcha talablarini bajardi. O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi tomonidan tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish uchun FIDEga taqdim etildi. Bu, yaqin kunlarda ayol grossmeysterlarimiz soni 8 nafarga ortishidan dalolat.

T.Ro‘ziyev, O‘zA