Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda vaksinalardan foydalanish jarayoni qanday tashkillashtirilmoqda?
15:53 / 2021-02-10

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2021 yil 9 fevral holatiga ko‘ra 79237 nafarni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 968 nafar bemordan 153 nafari og‘ir, 29 nafari esa o‘ta og‘ir va 786 nafari yengil shaklda davolanmoqda.

Respublikamizda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish, aholi salomatligini saqlash, barqaror sanitariya-epidemiologik holatni ta’minlash, COVID-19ga qarshi emlash jarayoniga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Barchamizga ma’lumki,  yuqumli kasalliklarning tarqalishini oldini olish bo‘yicha eng samarali yo‘li bu – immunizatsiya tadbirlaridir, ya’ni sog‘lom insonlarni ushbu kasallikka qarshi emlashdir.

Emlash rejalashtirilayotgan aholi bu – birinchi navbatda uzoq umr ko‘ruvchilar (85 yosh va undan yuqori), keksalar (75 yoshdan 84 yoshgacha), qariyalar (65 yoshdan 74 yoshgacha), tibbiyot xodimlari, surunkali kasalliklari bo‘lgan aholi, maktab o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari, qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari hisoblanadi.

“Xitoyning Ayhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi koronavirus rekombinant vaksinasining xavfsizligi va COVID-19 infeksiyasining oldini olishdagi samaradorligini aniqlash maqsadida 3-faza klinik tadqiqotlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 9000 nafar ko‘ngillilar orasida immunizatsiya tadbirlarining o‘tkazilishi uchun vaksina olib kelingan. Respublikamizga 8 nafar Xitoylik mutaxassislar tashrif buyurishgan. Innovatsiyani rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda 3-faza klinik bosqichi amalga oshirilmoqda.

bugungi kunda Ichki ishlar vazirligiga qarashli 3 ta poliklinikada, Innovatsion rivojlanish vazirligining ko‘rgazmalar zalida va Yunusobod tumani 15-sonli oilaviy poliklinikada jami 5 ta muassasada COVID-19ga qarshi ko‘ngillilarni skriningdan o‘tkazish va vaksinatsiya qilish uchun maxsus joy tashkil qilingan.

Ko‘ngillilarni tibbiy ko‘rikdan va skriningdan o‘tkazish ishlari 2020 yilning 12 dekabridan boshlangan bo‘lib, 2021 yil 10 fevraliga qadar 14274 nafar ko‘ngilli tibbiy ko‘rik va suhbatdan o‘tkazilgan.

2020 yilning 12 dekabridan 2021 yilning 10 fevraliga qadar jami 6751 nafar ko‘ngillida (umumiy ko‘ngillilarning 47,3 foizi) vaksinatsiyaning 3-klinik sinov bosqichlari amalga oshirildi.

Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan immunizatsiya tadbirlari, jumladan COVID-19ga qarshi vaksina oluvchi ko‘ngillilarni jalb qilish bo‘yicha keng targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, respublikamizga COVAXga a’zo davlatlar singari vaksinani olib kiritilishi bo‘yicha xam buyurtma kiritilgan bo‘lib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va YUNISEF xalqaro bolalar jamg‘armasi bilan hamkorlikda ommaviy emlash tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha reja kiritildi.

Shu bilan bir qatorda Rossiya Federatsiyada ishlab chiqilgan SPUTNIK-V vaksinasining ham respublikamizga olib kelinishi, ushbu vaksinani sertifikatlash va emlash tadbirlarini boshlanishi bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Respublikamizda COVID-19ga qarshi emlash tadbirlarini tashkillashtirish va o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha tashkilotlararo ishchi guruh tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi vaqtda har haftada amalga oshirilgan ishlar va rejalar bo‘yicha videomuloqot orqali hamkorlik tadbirlari amalga oshirilmoqda.

 

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik

va jamoat salomatligi xizmatining

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi