Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda turizm sohasida kadrlar masalasida muammolar bormi?
18:14 / 2023-10-19

Davlatimiz tomonidan turizm sohasini rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilib kelayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida ushbu yo‘nalish tobora rivojlanib bormoqda. Sohani yanada taraqqiy ettirish, davlatimiz rahbari tomonidan qo‘yilgan yuksak maqsadlarga erishishda yetuk, zamonaviy kadrlar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Shu bois ham sayyohlik yo‘nalishida kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish, bu borada xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalarida ham kuyidagi muayyan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Oxirgi 3 yilda turizm sohasida kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari soni 16 tadan 30 taga, ularda ta’lim oluvchi talabalar soni esa mos ravishda 4 100 nafardan 11 500 nafargacha oshgan. 2020 yilda oliy ta’lim muassasalarida turizm sohasida ta’lim beruvchi pedagoglarning ilmiy salohiyati 24,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yilda ushbu ko‘rsatkich 37,6 foizga yetdi.  

Bu borada shuni alohida ta’kidlash joizki, Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlarning tarixiy va madaniy-gumanitar aloqalarini yanada rivojlantirish hamda jahon turizm industriyasi bozorida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash maqsadida O‘zbekistonda 2018 yilda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tashkil etilgan edi.

Universitetda turizm, logistika, gid-tarjimonlik, muzeyshunoslik, arxeologiya, ijodiy sanoat, madaniy merosni boshqarish kabi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Universitetda talabalarga turizm va madaniy meros sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha yuqori o‘rinlarda turuvchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritgan jami 20 nafar xorijlik (AQSH, Yaponiya, Avstraliya, Xitoy, Italiya, Hindiston va boshqalar) professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quv kurslari o‘tiladi.

Universitetni Respublikamizda mavjud boshqa oliy o‘quv yurtlaridan ajratib turadigan xususiyatlaridan biri bu ilg‘or xalqaro o‘quv tajribani o‘rganish orqali amaliyot bilan o‘quv dasturiga integratsiya qilib, ta’lim standartlari va o‘quv rejalarini mustaqil ravishda ishlab chiqish va o‘z faoliyatida ishlatishdir.

Mazkur universitet bundan atigi 5 yil avval tashkil etilganiga qaramay, bugungi kunda eng taniqli va nufuzli oliy o‘quv dargohlaridan biriga aylandi hamda mamlakatimizning turizm sohasidagi birinchi Flagman universiteti sifatida SHHTga a’zo davlatlar uchun turizm va madaniy meros sohasida zamonaviy kadrlarni yetishtirib bermoqda. Ayni paytda universitetda 16 ta mamlakatdan kelgan talabalar tahsil oladi.

Bu dargohni 2021 yilda 30 nafar ilk magistrlar, 2022 yil esa 114 nafar ilk bakalavr va 23 nafar magistrlar bitirdi. Hamkorlik doirasida kasb-hunar ta’lim muassasalarida professional kadrlar tayyorlashni dual ta’lim shaklida amalga oshirish tizimi takomillashtirilmoqda.

Germaniya xalqaro hamkorlik hamjamiyati (GIZ) ko‘magida 3 ta professional ta’lim muassasasida “Mehmonxona va servis” yo‘nalishidagi amaliyot xonalari to‘liq jihozlab berildi. Shveysariya Konfederatsiyasi Huqumati bilan birgalikda “O‘zbekistonda professional ta’lim islohotlarini qo‘llab-quvvatlash” (VET4UZ) loyihasi doirasida turizm yo‘nalishida o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash tizimi rivojlanmokda.

Xalqaro tajribadan kelib chiqib, joriy yilda Turizm qo‘mitasi huzuridagi jami 10 ta professional ta’lim muassasalarida amaliyot darslarini tashkil etish maqsadida laboratoriyalar yaratildi.

Bu yildan boshlab Prezident qaroriga asosan turizm sohasida professional kadrlar tayyorlash to‘liq davlat byudjeti hisobidan amalga oshirilishi belgilandi.

Bugungi kunda O‘zbekistonning turizm sohasi yuqori ko‘rsatkichlarga erishmoqda: xorijlik sayyohlar soni kundan-kunga oshib, ichki turizm jadal rivojlanmoqda, sohaga bog‘liq infratuzilma shakllanib, xizmatlar eksporti tinimsiz o‘smoqda.

Bu jarayonni to‘xtamasligini ta’minlash va keyinchalik kuchaytirishning asasiy o‘yli bu malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yib, takomillashtirib borishdir.

Ko‘rib turganimizdek hozirgi kunda mamlakatimizda professional mutaxassislar tayyorlash tizimi yaratilgan. Bundan tashqari sohada oliy o‘quv yurtlar va ularda o‘qitilayotgan talabalar soni yildan yilga ortib, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish asosida o‘qitish tarsliklari jaxon standartlariga moslashtirilmoqda.  

Shubhasiz, ushbu yo‘nalishda davlatimizda amalga oshirilayotgan ishlarning natijasida xalqaro talablarga mos keluvchi malakali mutaxassislar tayyorlashga va sohasidagi turli yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar, fundamental, ilmiy-amaliy ishlarga bo‘lgan keskin ehtiyoj muammosini hal etishga zamin yaratadi.

 

O‘zA