Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda tibbiy ta’limning transformatsiya qilinayotgani e’tirof etildi
14:57 / 2023-08-21

Ozarbayjon Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Teymur Musayev Samarqand davlat universitetiga tashrifi chog‘ida universitetning yangi binosi hamda unda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv va laboratoriya xonalari, ularning jihozlanishi va dars mashg‘ulotlarining tashkil etilish tizimi bilan yaqindan tanishdi.

Universitet tarixi muzeyiga tashrif buyurib, bir-biridan qiziqarli va ahamiyatga molik ma’lumotlarga ega bo‘ldi.    

Tashrif davomida  istiqbolli loyihalar muhokama qilinib, yangi tashabbus va g‘oyalar bildirildi.  

– O‘zbekistonda tibbiy ta’limning to‘liq transformatsiya qilinayotgani tahsinga sazovordir, – dedi T.Musayev. – Tibbiyot, tibbiy oliy ta’lim sohasida mamlakatingizda so‘ngi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar o‘z samarasini berayotganini kuzatmoqdamiz. Shunday ekan, sohada o‘zaro hamkorlik qilish biz uchun ham manfaatli va foydalidir.    

Tashrif so‘nggida SamDTU rektori Jasur Rizayev mehmonlarga universitet ramzi tushirilgan esdalik sovg‘alarini topshirdi.  

M.Qosimova, O‘zA