Bugungi kunda malaktimizda 10 million nafarga yaqin yoshlarimiz istiqomat qiladi. Yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida tizimli va keng qamrovli ishlayotganligi bois ular orasida hunarli va o‘qimishli yoshlarimiz tobora ortib bormoqda.
Xususan, Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotiga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlariga 381,7 ming nafar yigit-qizlarimiz o‘qishga qabul qilingan.
Bu ko‘rsatkich 2020/2021 o‘quv yiliga nisbatan 2,2 barobarga oshgan.
Ularning 196,7 ming nafarini qiz bolalar, 185 ming nafarini o‘g‘il bolalar tashkil etgan.
Oliy ta’lim tashkilotlariga qabul qilingan talabalarning hududlar kesimida taqsimoti quyidagicha.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 18,6 ming;
Andijon viloyati – 12,5 ming;
Buxoro viloyati – 31,5 ming;
Jizzax viloyati – 6,3 ming;
Qashqadaryo viloyati – 28,8 ming;
Navoiy viloyati – 9,2 ming;
Namangan viloyati – 16,1 ming;
Samarqand viloyati – 21,2 ming;
Surxondaryo viloyati – 16,8 ming;
Sirdaryo viloyati – 5,3 ming;
Toshkent viloyati – 22,7 ming;
Farg‘ona viloyati – 20,7 ming;
Xorazm viloyati – 16,8 ming;
Toshkent shahri – 155,2 ming.
Gulnoza Boboyeva,O‘zA