Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda "Sputnik V" vaksinasi ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi
16:17 / 2021-10-12

“Jurabek Laboratories” MCHJ qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilayotgan "Sputnik V" vaksinasi 1- va 2- komponentlarining dastlabki 260 500 dozasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga topshirildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bu yurtimizda tayyorlanayotgan ikkinchi vaksina bo‘lib, bundan avval ushbu korxonada jami 7 million doza "ZF-UZ-VAC2001" vaksinasi ishlab chiqarilgan, uning 1million 458ming 820 dozasi emlash uchun topshirilgan edi.

Shunday qilib, yurtimizga emlash jarayonlarida foydalanilayotgan jami vaksina 28million 473ming 528 dozani tashkil qilmoqda.

 

Mohigul Qosimova, O‘zA