O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi yurtimizda millat genofondini saqlash umumdavlat miqyosidagi vazifaga aylanganini qo‘llab-quvvatlaydi. Millat genofondi uning betakrorligi, o‘ziga xosligini anglatishi barobarida, bu betakrorlik, o‘ziga xoslik ushbu millat tarixiy rivojlanishning muayyan davrlari bilan bog‘langanini namoyon etadi.
Partiya maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablarida bolalarning sifatli, xavfsiz ovqatlanishini ta’minlash – millat genofondini saqlashning asosi ekanini ta’kidlagan holda bir qator vazifalarning huquqiy asoslarini takomillashtirishni taklif etmoqda.
Xususan, aholining tibbiy madaniyatini oshirishni jadallashtirish, “Oilaviy shifokor” tizimini kuchaytirish, shifobaxsh dorivor giyohlarni sanoat asosida yetishtirish, “O‘zbekistonda sog‘lom ovqatlanish milliy Konsepsiyasi”ni qabul qilish taklif etilmoqda.
Shuningdek, geni o‘zgartirilmagan mahsulotlarni ommalashtirish, maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda kompyuter savodxonligiga oid mashg‘ulotlar o‘tkazilmasligi taklifi bilan chiqish, elektron sigaretalar, snyuslar va tarkibida nikotin aralashmasi bo‘lgan boshqa turdagi vositalarni taqiqlashga qarshi qaratilgan qonun qabul qilish ilgari surilmoqda.
Partiyaning bu kabi takliflari millat genofondini asrash, yosh avlodni sog‘lom qilib voyaga yetkazishga xizmat qiladi.
M.Komilova, O‘zA