Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda sinov tariqasida aholini onlayn ro‘yxatga olish o‘tkaziladi
13:37 / 2021-10-30

Bu haqida Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xabarda qayd etilishicha,  2023 yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 2021 yil 1-25 noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi.

Shuningdek, Davlat statistika qo‘mitasi tashabbusi bilan O‘zbekiston aholisini keng ko‘lamli ro‘yxatga olish tadbirlari oldidan joriy yilning 1-5 noyabr kunlari Internet tarmog‘i orqali aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, onlayn tadbirda census.stat.uz havolasi orqali O‘zbekistondagi va xorijdagi barcha fuqarolar ixtiyoriy qatnashishi mumkin.

 

Shahnoza Mamaturopova,

O‘zA