O‘zbekistonda quyosh fotoelektr stansiyalari barpo etiladi
Prezidentning tegishli qarorlari bilan quyidagi hududlarda quyosh fotoelektr stansiyalarini barpo etish bo‘yicha investitsiya loyihalari amalga oshiriladi.
– Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida quvvati 400 MVt bo‘lgan investitsiya loyihalari; – Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida quvvati 500 MVt bo‘lgan investitsiya loyihalari; – Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida quvvati 500 MVt bo‘lgan investitsiya loyihalari amalga oshiriladi.

– Yuqorichirchiq tumanida quvvati 334 MVt bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimi quriladi. Mazkur investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida investitsiya bitimlari tasdiqlanadi. Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimlar ma’qullanadi. Tegishli Loyiha kompaniyalari tomonidan yer uchastkalari uchun to‘lanadigan ijara to‘lovi miqdori yer solig‘i miqdoriga tenglashtiriladi.
Sh. Mamaturopova, O‘zA