Davlat statistika qo‘mitasi joriy yilning iyul oyida pul o‘tkazmalari uchun haq to‘lash xizmatlari narxlari bo‘yicha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning iyul oyida pul o‘tkazmalari uchun haq to‘lash xizmatlari narxlari iyun oyiga nisbatan, ya’ni bir oyda o‘rtacha 0,2 foizga arzonlashgan. Pul o‘tkazmalari uchun haq to‘lash xizmatlari narxlari yil boshidan buyon o‘rtacha 1 foizga oshgan.
Qolaversa, pul o‘tkazmalari uchun haq to‘lash xizmatlari narxlari 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda, ya’ni, bir yilda o‘rtacha 2,7 foizga oshgani kuzatilgan. Shu yilning iyul oyida boshqa moliyaviy xizmatlar narxlari iyun oyiga nisbatan, ya’ni bir oyda o‘rtacha 7,1 foizga oshgan.
Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-may oylarida kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari 4,19 milliard dollarni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich 2021 yilning mos davriga nisbatan 61 foizga (1,58 milliard dollar) oshgan. «Sberbank» O‘zbekistonga rublda tekin pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ygan. Ma’lum bo‘lishicha, 0 foizli komissiya bankning mobil ilovasi orqali amalga oshiriladigan pul o‘tkazmalari uchun qo‘llanadi. Qirg‘izistonga kuniga 150 ming, O‘zbekistonga esa 50 ming rublgacha komissiyasiz pul o‘tkazish mumkin bo‘ladi.
O‘zA