Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda pul o‘tkazmalari uchun haq to‘lash xizmati narxlari 0,7 foizga oshdi
14:10 / 2022-12-09

Davlat statistika qo‘mitasi mamlakatimizda joriy yilning noyabr oyida pul o‘tkazmalari uchun haq to‘lash xizmatlari narxlari bo‘yicha ma’lumotlarni ochiqladi.

Xabarda ma’lum qilinishicha, joriy yilning noyabr oyida pul o‘tkazmalari uchun haq to‘lash xizmatlari narxlari oktyabr oyiga nisbatan, ya’ni bir oyda o‘rtacha 0,7 foizga qimmatlashgan.  

Pul o‘tkazmalari uchun haq to‘lash xizmatlari narxlari yil boshidan buyon o‘rtacha 3,2 foizga oshgan.  

Shuningdek, pul o‘tkazmalari uchun haq to‘lash xizmatlari narxlari 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda ya’ni, bir yilda o‘rtacha 4,2 foizga oshgani kuzatilgan. 2022 yilning iyul oyida boshqa moliyaviy xizmatlar narxlari oktyabr oyiga nisbatan, ya’ni bir oyda o‘rtacha 0,2 foizga oshgan.  

 

O‘zA