French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda plastmassa va polimer sanoati uchun yangi imkoniyatlar eshigi ochiladi
12:39 / 2025-09-21

Joriy yilning 23-25 sentyabr kunlari “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida “Plastmassa va polimerlar sanoati - Plastex Uzbekistan 2025” 15-yubiley xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

“Iteca Exhibitions” xalqaro kompaniyasi va uning hamkori “ICA Eurasia Group” tomonidan tashkil etilayotgan tadbirda O‘zbekiston, Germaniya, Hindiston, Eron, Xitoy, Koreya Respublikasi, Latviya, Rossiya, Turkmaniston, Turkiyadan 250 dan ziyod kompaniya va brendlar ishtirok etadi.

Ma’lumki, “Plastex Uzbekistan” ilk bor 2010 yilda o‘tkazilgan bo‘lib, o‘shandan buyon u plastmassa va polimer sanoati mutaxassislari uchun muhim uchrashuv maydoniga aylandi. O‘tgan 15 yil mobaynida ushbu ko‘rgazma 20 mamlakatdan mingdan ziyod kompaniya va brendlarni birlashtirdi. 30 mingdan ortiq mutaxassislar va ishbilarmonlar tashrif buyurdi. Joriy yilda ham tadbirga yirik ishlab chiqaruvchilar, sohaning yetakchi kompaniyalari va xalqaro brendlar jalb etilmoqda.

Plastik va polimer mahsulotlar bugungi iqtisodiyot va kundalik hayotning ajralmas qismiga aylangani sir emas. Shu bois, “Plastex Uzbekistan” nafaqat zamonaviy texnologiyalar va yangi ishlanmalar namoyishi, balki ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish uchun amaliy platforma sifatida ham xizmat qiladi.

Bu yilgi ko‘rgazmaning yana bir yangiligi shundaki, uning 4P Central Asia formatida o‘tkazilishidir. Bu format plastmassa, neft-kimyo, qadoqlash va matbaa sohalarini birlashtirib, ishlab chiqarishning barcha bosqichlarini va turli tarmoqlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniq ko‘rsatadi.

Ko‘rgazma pavilonlarida polimerlar, neft-kimyo mahsulotlari, innovatsion qo‘shimchalar, ishlab chiqarish liniyalari, robototexnika va avtomatlashtirish tizimlari, shuningdek, tayyor plastik mahsulotlar namoyish etiladi.

N. Ziyodullayeva, O‘zA