Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 4 mln. nafardan oshdi
15:38 / 2024-10-23

Soliq qo‘mitasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, 2024 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 4 million 83 ming 700 kishini tashkil etmoqda.

Ma’lum qilinishicha, ayni paytda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning 57 foizi erkaklar, 43 foizi esa ayollardir. Ko‘rsatkich 2023 yilga nisbatan 86,8 foizga oshgan. O‘sish ko‘rsatkichi eng yuqori sohalar, maishiy xizmatlar – 133,6 foiz (987,4 mingta), ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish – 113,5 foiz (203,5 mingta), axborot-kommunikatsiya – 96,7 foiz (51,6 mingta)ni tashkil etmoqda.  

Hududlar kesimida olib qaralganda, kuchli uchlikka Samarqand (470 mingdan ortiq), Qashqadaryo (413 mingdan ortiq) va Toshkent (378 mingdan ortiq) viloyatlari kiritilgan. Jizzax, Navoiy va Sirdaryo viloyatlari so‘nggi o‘rinlarda bormoqda.

Shuningdek, yengil avtotransportda yo‘lovchi tashish faoliyati bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar 611,6 ming nafarni tashkil etdi. Shundan 344,7 ming nafari 2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan.

Sh.Mamaturopova, O‘zA