Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda Ozarbayjon bilan hamkorlikka ustuvor ahamiyat berilmoqda
19:34 / 2022-06-20

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov Ozarbayjon Xalqaro aloqalarni tahlil qilish markazi bilan birgalikda tashkil etilgan onlayn-konferensiyada shunday bayonot bilan chiqdi. Anjumanda ikki davlat yetakchi “aql markazlari” ekspertlari, vazirlik, idoralari mutaxassislari qatnashdi.

E.Aripovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Ozarbayjon Respublikasini Janubiy Kavkazdagi muhim sherigi, deb hisoblaydi. O‘zaro munosabat o‘sish chizig‘i bo‘ylab barqaror rivojlanmoqda. Joriy yil birinchi uch oyi yakuniga ko‘ra, tovar aylanmasi hajmi 2021 yilning huddi shu davriga nisbatan 20 foiz oshgan.

Ekspertning fikricha, O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilarining yaqin, ishonchli muloqoti barqaror o‘sishning muhim omilidir.

E.Aripov Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga kutilayotgan davlat tashrifi ikki tomonlama aloqalar rivojiga qo‘shimcha sur’at bag‘ishlashiga ishonch bildirdi.

SMTI direktori so‘zlariga ko‘ra, mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo aloqasini kengaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratilib, qishloq xo‘jaligi, qurilish materiallari ishlab chiqarish va turizm sohalarida aniq loyihalarni yo‘lga qo‘yishga oid amaliy chora-tadbirlar qabul qilinmoqda. Gazlama, teri-poyabzal, zargarlik va elektrotexnika tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasini yaratish muhim o‘rin egallaydi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilishga yo‘naltirilgan qo‘shma agrologistika klasterlari tuzish hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishi sifatida ko‘rsatildi.

Shu bilan birga Eldor Aripov mahsulotlarimizni sotish uchun hamkor bozorlarni shakllantirish yo‘li bilan mavjud erkin savdo tartibini kengaytirish zarurligini ta’kidladi. Buning uchun ekspertlar ishtirokida biznes-forumlarni, jujladan, hududlarda muntazam o‘tkazish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

O‘zA