Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda o‘tishi kerak bo‘lgan Osiyo chempionati bekor qilinishi mumkin
10:44 / 2020-12-25

FIFA pandemiya sabab 2 ta jahon chempionatini keyinroqqa ko‘chirishga qaror qildi.

Reuters axborot agentligi tarqatgan xabarga qaraganda, 2021 yilning 20 mayidan 12 iyuniga qadar Indoneziyada o‘tkazilish kerak bo‘lgan U-20 jahon chempionati 2023 yilga qoldirildi. Bundan tashqari, Peru mezbonligida o‘tishi kerak bo‘lgan U-17 jahon chempionati ham 2023 yilda o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Biz uchun ahamiyatlisi, O‘zbekiston joriy yilning 14-31 oktyabr kunlari U-19 futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qilishi kerak edi. Ammo pandemiya sabab musobaqa 2021 yil boshiga ko‘chirildi. Ushbu musobaqada yarim finalga yetib borgan 4 ta terma jamoa 2021 yilda Indoneziyada o‘tkaziladigan jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritar edi. Ammo FIFA Indoneziyadagi jahon chempionatini 2023 yilga qoldirdi. Demak, o‘z-o‘zidan ma’lum bo‘ladiki, katta ehtimol bilan O‘zbekistondagi U-19 Osiyo chempionati ham o‘tkazilmaydi.

Tez orada OFK bu borada rasmiy ma’lumot berishi kutilmoqda.

O‘zA