Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi bo‘yicha ma’lumot e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, 2025 yil yanvar-iyun oylarida o‘rtacha oylik ish haqi 5 982,3 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17,2 foizga o‘sgan.
O‘rtacha nominal maosh Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 757,2 ming so‘m, Andijon viloyatida 4 935,3 ming so‘m, Buxoro viloyatida 4 787,3 ming so‘m, Jizzax viloyatida 4 476,8 ming so‘m, Qashqadaryo viloyatida 4 148,3 ming so‘m, Navoiy viloyatida 7 486,4 ming so‘m, Namangan viloyatida 4 350, ming so‘m, Samarqand viloyatida 4 435,4 ming so‘m, Surxondaryo viloyatida 4 256,5 ming so‘m, Sirdaryo viloyatida 4 789,8 ming so‘m, Toshkent viloyatida 5 674,4 ming so‘m, Farg‘ona viloyatida 4 443,8 ming so‘m, Xorazm viloyatida 4 720,1 ming so‘m, Toshkent shahrida 10 138,4 ming so‘mni tashkil etgan.
Hududlar kesimida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqlari Toshkent shahrida 10 138,4 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 118,8 foizga o‘sganligi kuzatildi.
Shuningdek, bu ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida 4 789,8 ming so‘mni (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 118,0 foiz), Jizzax viloyatida 4 476,8 ming so‘mni (117,0 foiz), Farg‘ona viloyatida 4 443,8 ming so‘mni (116,9 foiz), Namangan viloyatida 4 350,1 ming so‘mni (116,6 foiz) va Surxondaryo viloyatida 4 256,5 ming so‘m (116,1 foiz)ni tashkil etgan.
Shu o‘rinda, o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi Andijon viloyatida 4 935,3 ming so‘m (111,0 foiz), Navoiy viloyatida 7 486,4 ming so‘mni (113,4 foiz), Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 757,2 ming so‘mni (114,2 foiz), Qashqadaryo viloyatida 4 148,3 ming so‘m (114,3 foiz), Buxoro viloyatida 4 787,3 ming so‘mni (114,8 foiz), Toshkent viloyatida 5 674,4 ming so‘m (115,3 foiz), Xorazm viloyatida 4 720,1 ming so‘mni (115,6 foiz) hamda Samarqand viloyatida 4 435,4 ming so‘mni (115,8 foiz) tashkil etib, boshqa hududlarga nisbatan o‘sish sur’ati pastroq ekanligi kuzatildi.
Eng yuqori maosh beruvchi sohalar: axborot va aloqa – o‘rtacha 14 mln. 785,8 ming so‘mni, bank, sug‘urta, lizing, kredit
va vositachilik faoliyati – 16 mln. 252,9 ming so‘mni tashkil etmoqda.
Sh.Mamaturopova, O‘zA