Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari soni ortdi
17:12 / 2025-11-21

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yili boshida mamlakatda faoliyat yuritayotgan o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari soni 845 tani tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich 2021/2022 o‘quv yiliga nisbatan 18 taga yoki 2,2 foizga ko‘paygan.

Ta’lim tashkilotlarining tarkibi quyidagicha shakllandi:

kasb-hunar maktablari — 334 ta

texnikumlar — 272 ta

kollejlar — 147 ta

akademik litseylar — 92 ta

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari tarkibida kasb-hunar maktablari eng yuqori ulushni egallagan.

Hamroz Bayanov, O‘zA