Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda oliy ta’limga oid malakalarni tan olish to‘g‘risidagi global konvensiya ratifikatsiya qilinmoqda
14:26 / 2025-11-01

Senat yalpi majlisida “Oliy ta’limga oid malakalarni tan olish to‘g‘risidagi global konvensiyani (Parij, 2019 yil 25 noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

Mazkur Konvensiyaning asosiy maqsadi – milliy ta’lim tizimlarining xalqaro integratsiyalashuvini ta’minlash, oliy ta’lim sohasidagi malakalarni barcha davlatlarda tan olish jarayonlarini soddalashtirish va ta’limga oid hujjatlarning umume’tirof etilishini ta’minlashdan iborat.

Ta’kidlanganidek, bu xalqaro hujjat BMTning oliy ta’lim sohasidagi ilk global shartnomasi bo‘lib, dunyo miqyosida malakalarni adolatli va shaffof baholash, mintaqalararo akademik mobillikni rivojlantirish hamda talabalar, o‘qituvchilar va tadqiqotchilarning erkin harakatlanishini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.  

Shu bilan birga, Konvensiya ta’lim hujjatlarini tan olishda umumiy tamoyillarni belgilaydi.

Senatorlar ma’qullagan qonun fuqarolar uchun ta’lim olishda qulayliklar yaratish, ta’lim sifati va raqobatbardoshligini oshirish, akademik mobillikni kengaytirish, xorijiy mehnat bozoriga kirish imkoniyatlarini kengaytirish hamda milliy oliy ta’lim tizimini global ta’lim makoniga integratsiya qilishga xizmat qiladi.

Global konvensiya oliy ta’lim va mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim huquqiy platforma sifatida ahamiyat kasb etadi.

N.Abduraimova, A.Mamadaminov (surat), O‘zA