Mamlakatimizda ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash, maktabgacha ta’lim tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida yangi bosqichga olib chiqish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy harakatga aylandi. Oxirgi yetti yilda 5 mingdan ziyod maktabda qurilish va ta’mirlash ishlari bajarildi. Yoshlarga ikkinchi xorijiy til va kasb o‘rgatish kengaytirildi. Shu o‘rinda, bugungi kunda xususiy maktablar soni 4,5 barobarga oshgan.
Jumladan, O‘zbekistonda 2024/2025 o‘quv yili boshida faoliyat yuritayotgan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni 10 ming 943 tani tashkil etgan. Ularning 455 tasi nodavlat umumta’lim tashkilotlari bo‘lib, 2020/2021 o‘quv yiliga nisbatan 4,5 barobarga ko‘paygan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, hududlar kesimida nodavlat umumta’lim tashkilotlari soni quyidagicha:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida - 7 ta,
Andijon viloyatida - 32 ta,
Buxoro viloyatida - 27 ta,
Jizzax viloyatida - 8 ta;
Qashqadaryo viloyatida - 21 ta;
Navoiy viloyatida - 4 ta;
Namangan viloyatida - 28 ta;
Samarqand viloyatida - 38 ta;
Surxondaryo viloyatida - 4 ta;
Sirdaryo viloyatida - 12 ta;
Toshkent viloyatida - 25 ta;
Farg‘ona viloyatida - 93 ta;
Xorazm viloyatida - 25 ta;
Toshkent shahrida - 131 ta.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA