Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda nechta fotoradar va intellektual kuzatuv kameralari bor?
10:26 / 2023-07-28

Davlatimiz rahbarining 2021 yil 16 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxati tasdiqlangan.

Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘rnatilgan aniq manzillar, individual tartibda har bir dasturiy-texnik vositasi qayd etadigan yo‘l harakati qoidalari buzilishi turi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham ochiq e’lon qilinishi belgilangan.  

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan mazkur ma’lumotlarni ochiqlash holati bo‘yicha muntazam monitoring olib borilmoqda.  

Ichki ishlar vazirligi tomonidan joriy yil 25 iyul  holatiga Respublika hududida ishga tushirilgan onlayn rejimida ishlovchi fotoradarlar va intellektual rejimida ishlovchi kameralar to‘g‘risida e’lon qilingan ma’lumot  Agentlik tomonidan tahlil qilindi.  

Ma’lum bo‘lishicha, bugungi kunda respublika bo‘yicha onlayn rejimda ishlovchi 746 fotoradar va intellektual rejimida ishlovchi kameralar ishga tushirilgan.  

Ularning 23 tasi yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini nazorat qiluvchi, 723 tasi ruxsat etilgan harakatlanish tezligiga hamda yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini nazorat qilishga mo‘ljallangan statsionar radarlarni tashkil etadi.  

Xo‘sh, bu fotoradar va intellektual rejimida ishlovchi kameralar qayerlarda o‘rnatilgan? Buni ushbu havola orqali bilib olishingiz mumkin.  

Xulosa o‘rnida aytib o‘tish kerakki, tizimda ochiqlikka to‘liq rioya etilmoqda.  

 

N.Abduraimova,  

O‘zA