Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda munosib mehnat bo‘yicha 2030 yilgacha mo‘ljallangan dastur ishlab chiqilmoqda
12:55 / 2025-10-17

Prezident Shavkat Mirziyoyev kasaba uyushmalari vakillari bilan uchrashdi. Ayni paytda davlatimiz rahbari nutq so‘zlab, soha vakillari bilan muloqot qilmoqda.

Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda O‘zbekistonda munosib mehnat bo‘yicha 2030 yilgacha mo‘ljallangan dastur ishlab chiqilmoqda.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad — mehnat sohasida inson qadrini oshirish, barcha fuqarolar uchun adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishdan iborat.

Shu bois, Kasaba uyushmalari, Bandlik vazirligi, Ish beruvchilar konfederatsiyasi dasturda munosib bandlik, mehnat muhofazasi, ijtimoiy sug‘urta, gender tenglik, yoshlar va inklyuzivlik masalalariga alohida e’tibor qaratishi zarurligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, raqamlashtirish, sun’iy intellekt va “yashil” iqtisodiyot jadal rivojlanayotgan sharoitda mehnat munosabatlari ham shunga mos ravishda yo‘lga qo‘yilishi kerak.

Ishlab chiqilayotgan “Munosib mehnat” dasturi jadal o‘sib borayotgan iqtisodiyotimizni ijtimoiy adolat bilan uyg‘unlashtiradigan strategik “yo‘l xaritasi” bo‘lishi aytildi.  

O‘zA