Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlari bir oyda kishi boshiga 568 ming so‘mni tashkil qildi
09:59 / 2023-07-19

Ma’lumki, minimal iste’mol xarajatlari orqali kambag‘allik chegarasi belgilanadi.

Statistika agentligining ma’lum ilishicha, "2023 yil uchun Statistika dasturi"da belgilangan muddatda minimal iste’mol xarajatlari qiymati hisoblangan. 

Unga ko‘ra, 2022 yil (yillik) inflyatsiya darajasidan kelib chiqib, 2023 yil uchun hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 568 ming so‘mni tashkil etgan. 

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, 2022 yilda minimal iste’mol xarajatlari 13,2 foizga oshib, bu ko‘rsatkich 498 ming so‘mni tashkil qilgan edi. 

Jahon tajribasida minimal iste’mol xarajatlari ko‘rsatkichidan kambag‘allik chegarasi sifatida foydalanish keng tarqalgan. Mazkur ko‘rsatkichdan davlatning moddiy va boshqa ijtimoiy ko‘maklariga muhtoj aholining maqsadli (target) guruhini aniqlash, mamlakatning kambag‘allik chegarasini belgilashda foydalanish va bunda target guruhdagi aholining real iste’mol xususiyatlari va talablarini inobatga olish ko‘zda tutilgan. 

Shuningdek, kambag‘allikka qarshi kurashish strategiyasi va dasturlarida belgilangan vazifa va chora-tadbirlarning natijadorligi hamda manzilliligini oshirish, shuningdek, ularning doimiy monitoringi yuritiladi. 

Qolaversa, pensiyalar va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilash, shuningdek, kambag‘al oilalarga beriladigan boshqa turdagi moddiy ko‘maklarni ko‘rsatishda mezon sifatida foydalaniladi. 

Bu 1,5 yil avvalgi miqdordan 14 foizga ko‘proq degani. Ammo, rasmiy inflyatsiyaning o‘zi 16,1 foizdan oshgan. Oziq-ovqat inflyatsiyasi esa 20,3 foizni tashkil etgan. 

Sh.Mamaturopova, O‘zA